
“Manchester Yunayted” ko‘p gol ura oladigan superto‘purar topdi
“Manchester Yunayted” yozgi transferlar bozorida sotib olmoqchi bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatiga “Bayer” hujumchisi Patrik Shikni ham qo‘shib qo‘ydi.
Futbolchi bu mavsum barcha musobaqalarda 40 bor maydonga tushib, o‘z hisobiga 23 ta gol yozdirib qo‘ydi va bu holat "Manchester Yunayted" skautlari e’tiboridan chetda qolmadi.
Klub skautlari ushbu mavsum davomida Chexiya terma jamoasi a’zosi bo‘lgan Shikni bir necha bor kuzatgan. Hozircha, Shik “Yunayted”ning asosiy nishoni emas, biroq jiddiy nomzod sifatida ko‘rib chiqilmoqda.
Shikning Leverkuzen klubi bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yarmigacha amal qiladi.
Ayni paytda Shikka Saudiya Arabistoni Pro-ligasidan ham qiziqishlar bo‘lmoqda, biroq agar u “Bayer”ni tark etadigan bo‘lsa. Ko‘chib o‘tish uchun ko‘proq Angliyani ma’qul ko‘radi.
Leverkuzenliklar to‘purar hujumchi transferidan 30 million evro atrofida mablag‘ ishlab olishni ko‘zlamoqda.
Fikrlar