
"Manchester Yunayted" JCh-2022da zo‘r o‘ynagan futbolchiga rasmiy taklif yubordi
"Manchester Yunayted" klubi "Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmann borasida rasmiy taklif yubordi, deya yozmoqda "Fichajes" nashri.
Manbaning xabariga ko‘ra, "qizil iblislar" frantsiyalik futbolchi uchun 60 million evro to‘lashga tayyor. Madridliklar ayni damda Antuan bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti.
Grizmann joriy mavsum "matraschilar" tarkibida 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urgan va 5 golga hammualliflik qilgan. Shuningdek, forvard Frantsiya terma jamoasi bilan JCh-2022da finalga qadar etib bordi.
Fikrlar