“Manchester Yunayted” jamoalarga muammoni hal qilish yo‘lini o‘rgatdi

  • 6 avgust, 2020, 14:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Katta maosh va qimmat transferga ega bo‘lib, bosh murabbiyning o‘yin sxemasiga tushmagan yulduz futbolchilar grand klublarning eng katta bosh og‘rig‘i hisoblanadi.

Tecno

“Manchester Yunayted” Evropaning eng qudratli klublariga bunday vaziyatda nima qilish kerakligini ko‘rsatib qo‘ydi. Manchesterliklar o‘zini ko‘rsatolmagan, lekin klubda eng katta – yiliga 20 million evro maosh oladigan Aleksis Sanchesni “Inter”ga bepul hadya qilib yubordi va shu orqali 60 million evroni tejab qoldi.

Endi grand klublar ham shu yo‘lni tutishi kutilyapti. Xususan, “Real” Garet Beyldan (yillik maoshi 15 million evro), Xames Rodrigesdan (17 million), “Barselona” Filippe Koutinodan (11 million), “Arsenal” Mesut O‘zildan (20 million), “Chelsi” Kepa Arrisabalagadan (11 million) qutilishi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!