"Manchester Yunayted" hujumchisiga "Yuventus" qiziqish bildirmoqahda

  • 1 dekabr, 2024, 15:21
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yozgi transferlar oynasida "Manchester Yunayted" safiga kelib qo‘shilgan Joshua Zirkze qishda jamoani tark etishi mumkin. Unga Italiyaning bir nechta klublari qiziqish bildirmoqda. 

Tecno

"La Gazzetta dello Sport" nashri xabar berishicha, niderlandiyalik straykerni "Yuventus" ijaraga olishni rejalashtirgan. Ushbu mavsum 18 ta o‘yinda maydonga tushib, atigi bitta gol urgan Zirkzeni "qizil iblislar" ham qo‘yib yuborishga qarshi emasligi borasida mish-mishlar mavjud. 

Italiyaning ayrim manbalariga ko‘ra, 23 yoshli futbolchining o‘zi ham turinliklar tarkibiga qo‘shilishga rozi bo‘lishi mumkin. Ammo Manchester jamoasi uni ijaraga berishi qiyin masala. 

Joshuaga A Seriya begona emas. U 2022 yili "Bavariya"dan "Bolonya"ga ko‘chib o‘tganidan keyin so‘ng top klublar e’tiboriga tushdi va 42.5 million evro evaziga "Manchester Yunayted"ga o‘tdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!