“Manchester Yunayted” Erik ten Xag o‘rniga mashhur murabbiy topib qo‘ydi

  • 6 sentabr, 2024, 15:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” uchun mavsum muvaffaqiyatsiz boshlandi. Muxlislar bosh murabbiy Erik ten Xag iste’fosini talab qilmoqda.

Tecno

Garchi klub rahbariyati niderlandiyalik mutaxassisni qo‘llab-quvvatlashda davom etishini bildirgan bo‘lsa-da, uning o‘rniga munosib nomzod topib qo‘yildi. Bunga jamoa butun rahbariyat, xususan, uch oy oldin Erik ten Xagni haydamoqchi bo‘lgan klub xo‘jayinlaridan biri ser Jim Retkliff ko‘z o‘ngida ashaddiy raqib – “Liverpul”dan 0:3 hisobida qaqshatqich mag‘lubiyatga uchragani sabab bo‘ldi.

The Sun nashrining ma’lum qilishicha, jamoani qabul qilib olishi mumkin bo‘lgan murabbiylar ro‘yxati shakllantirildi. Unga ko‘ra, favorit sifatida Angliya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Garet Sautgeyt qayd etilgan.

Shuningdek, nomzodlar qatorida Maurisio Pochettino, Ruud Van Nistelroy, Kiran Makkenna va Tomas Tuxel ham bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!