“Manchester Yunayted” "Barsa"ni shokka tushirmoqchi

  • 25 avgust, 2020, 19:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” rahbariyati “Barselona”ning kelajagi sifatida qaralayotgan Ansu Fatini badal pulining qancha bo‘lishidan qat’i nazar o‘z safiga qo‘shib olishga qaror qildi.

Tecno

Sulsherning orzusidagi hujumkor futbolchi – Jeydon Sancho transferini amalga oshira olmagan manchesterliklar Fatining shartnomasida belgilangan badal pulini to‘lab, uni Angliyaga olib kelmoqchi. 17 yoshli futbolchi hali Kataloniya klubi bilan yangi shartnoma tuzgani yo‘q. Shuning uchun “Manchester Yunayted” 153 million funt evaziga futbolchiga ega chiqishi mumkin. Bunday vaziyatda faqatgina futbolchining o‘zini rozi qilish kerak bo‘ladi.

Kuman kelganidan keyin “Barselona”dagi etakchi rollarga niderlandiyalik futbolchilar mo‘ljallanayotgani bois Fati ham inglizlarning taklifini qabul qilishi mumkinligi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!