
"Manchester Yunayted" 4 futbolchini ko‘z ostiga olib qo‘ydi. Ular kimlar?
"Manchester Yunayted" klubi yozgi transferlar rejasini tuzishda davom etmoqda.
Le10Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “qizil iblislar” mavsumlar oralig‘ida o‘z saflarini "RB Leyptsig" himoyachisi Ibraim Konate va "Monako" forvardi Vissam Ben-Yedder bilan kuchaytirishmoqchi. Ular shuningdek, "Lion"dan Mussa Dembele va "Lill"dan Viktor Osimxenni ham ko‘z ostiga olib qo‘yishgan.
“Manchester Yunayted” 29 turdan so‘ng APL musobaqa jadvalida 5-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar