"Manchester Yunayted" - "Manchester Siti": Taxminiy tarkiblardan Husanov joy oldimi?

  • 6 aprel, 14:34
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Xabaringiz bor, Angliya Premer-ligasining 31-turida Xosep Gvardiolaning "Manchester Siti"si Ruben Amorimning "Manchester Yunayted"i bilan to‘qnash keladi. 
 
Ushbu uchrashuvdan avval bir necha mashhur saytlar taxminiy tarkiblarni e’lon qilishdi. 
 
"Sports Mole" talqiniga ko‘ra, bugun bahs uchun tarkiblar: 
 
MYu: Onana, Mazraoui, Maguayr, Yoro, Dalot, Ugarte, Bruno Fernandesh, Dorgu, Mount, Garnacho; Xoylund. 
 
"Siti": Ederson, Nunes, Diash, Gvardiol, O‘'Rayli, Gyundogan, Gonzalez, Savino, Grilish, Doku, Marmush. 

Bundan tashqari, "90min" va "Squashka" nashrlari ham o‘z versiyasini bildirganda hamyurtimiz Abduqodir Husanov taxminiy tarkibdan joy olmagan edi. Biroq, "Sportsgambier" sayti esa Husanovni asosiy tarkibda maydonga tushishini bashorat qilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, bugungi Manchester derbisi Toshkent vaqti 20:30 da start olishi rejalashtirilgan.
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!