
"Manchester Yunayted" – "Pert Glori" 2:0 (video)
Yangi mavsumga Avstraliyada tayyorgarlik ko‘rayotgan "Manchester Yunayted" bugun mahalliy "Pert Glori" jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
“Qizil iblislar”ga g‘alaba keltirgan gollarga Markus Reshforda va Deyms Garnerlar mualliflik qilishdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Eslatib o‘tamiz, Ule Gunnar Sulsher boshchiligidagi MYuning keyingi raqibi "Lids" klubi bo‘ladi. Uchrashuv 17 iyul sanasiga belgilangan.
Fikrlar