Manchester superklubi: Sen kelmasang, o‘rningga oltitasi bor!

  • 16 avgust, 09:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” yangi mavsum oldidan tarkibini ancha tartibga keltirib oldi. Bosh murabbiy Ruben Amorim o‘zining talablariga javob bermaydigan futbolchilarni tarkibdan chiqarishga muvaffaq bo‘ldi.

Tecno

Portugaliyalik mutaxassis ketganlar o‘rnini iqtidorli ijrochilar bilan to‘ldirishni davom ettiryapti. Biroq bu oson bo‘layotgani yo‘q.

“Manchester Yunayted” musaddilari “Brayton” tayanch yarim himoyachisi Karlos Balebani transfer qilmoqchi edi. TBR Football nashrining ma’lum qilishicha, “Brayton” rahbariyati manchesterliklar  kamerunlik futbolchi uchun talab qilayotgan  mablag‘ni to‘lay olmasligini inobatga olib, “Yunayted” taklifini qabul qilmadi.

“Manchester Yunayted” bundan tushkunlikka tushgani yo‘q. Ular 21 yoshli Baleba o‘rniga oltita nomzod topib qo‘ydi.

Ruben Amorim klub mutasaddilariga Morten Yulmann (“Sporting”), Angelo Shtiller (“Shtutgart”), Xavi Gerra (“Valensiya”), Mikel Xaurexisar (“Atletik”), Lamin Kamara (“Monako”) hamda Lyusen Agume (“Sevilya”) nomzodi ko‘rsatilgan ro‘yxatni bergan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!