
"Manchester Siti"ning mag‘lubiyatidan so‘ng "Barselona" o‘z rekordini saqlab qoldi
Xabaringiz bor, UEFA Chempionlar ligasining pley-off bosqichi doirasida Xosep Gvardiola boshchiligidagi "Manchester Siti" Madridning "Real" klubi bilan to‘qnash kelib, so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi.
Ushbu muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng manchesterliklar "Barselona"ning rekordini buza olish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi. Ya’ni "ko‘k-anorranglilar" 2013 - 2020 yillar oralig‘ida Chempionlar ligasining uy stadionida ketma-ket 38 ta uchrashuvda mag‘lubiyatga uchramagan. "Shaharliklar" esa 2018 yildan beri mag‘lubiyatga uchramay, 35 o‘yinlik seriya qayd etayotgan edi. Biroq, kechagi bahsda mana shu seriya ham o‘z nihoyasiga etdi.
Mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha kuchli 5 jamoa bilan tanishing:
"Barselona" - 38 ta
"Manchester Siti" - 35 ta
"Bavariya" - 29 ta
"Arsenal" - 24 ta
"Yuventus" - 23 ta
Fikrlar