“Manchester Siti” yana katta transferga qo‘l urmoqda

  • 8 mart, 17:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” rahbariyati joriy mavsum jamoa o‘yinida yuz bergan inqirozdan keyin tarkibni jiddiy tarzda o‘zgartirishga qaror qilgan.

Tecno

Yanvarda jamoaga Abduqodir Husanov, Umar Marmush, Niko Gonsales va Vior Reysning kelishi bilan boshlangan yangilanish siyosati yozda ham davom ettiriladi.

TBR Football jurnalistlari ma’lumotiga ko‘ra, Xosep Gvardiola “Manchester Siti”ga kelganidan beri o‘zining yuqori sport formasiga ko‘tarila olmayotgan Jek Grilishdan voz kechishga qaror qilgan. Ispaniyalik mutaxassis unga o‘rinbosarni raqib jamoadan topdi.

“Shaharliklar” joriy mavsum yakunlanganidan keyin “Aston Villa” yarim himoyachisi Jeykob Remzini olib kelmoqchi.

Villaliklar 23 yoshli futbolchi bilan xayrlashishga tayyor. Buning uchun da’vogar klub 60 million evro miqdorida badal puli to‘lashi talab etiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!