
“Manchester Siti” yana bir futbolchidan voz kechdi
“Manchester Siti”ning asosiy tarkibiga kira olmayotgan markaziy hujumchi Divin Mubama faoliyatini Angliyaning boshqa klubida davom ettiradigan bo‘lyapti.
Taniqli insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, 20 yoshli futbolchiga Premer-ligani tark etgan “Inpsvich” jiddiy qiziqish bildiryapti.
Xaridor jamoa “Manchester Siti”ga hujumchi bo‘yicha taklif yubordi. “Shaharliklar” o‘z hujumchisini 12 million evroga baholayapti.
Qizig‘i shundaki, Mubama yakunlangan mavsumda faqat bir marotaba maydonga tushgan. Yosh hujumchi o‘sha bahsda o‘ziga xaridor bo‘layotgan “Ipsvich”ga qarshi 27 daqiqa o‘ynagan xolos.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, bu o‘yinchi uchun kurashda “Ipsvich” Frantsiya chempionati vakili “Lill” bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi. Frantsiya klubi jamoani tark etgan kanadalik forvard Jonatan Devid o‘rniga boshqa markaziy hujumchi qidiryapti.
Fikrlar