
"Manchester Siti" portugaliyalik yarim himoyachi bilan kelishib oldi
"Manchester Siti" ushbu yozda yangi yarim himoyachi sotib olishni maqsad qilgan. Variantlar orasida "Kristal Pelas"dan Eberechi Eze va "Vulverxempton"dan Mateush Nunesh kabi futbolchilar bor.
Insayder Fabritsio Romano xabar berishicha, "shaharliklar" Nunesh uchun "bo‘rilar"ga 50 million evrolik taklif bilan chiqdi. Klub yarim himoyachi bilan shaxsiy shartlar bo‘yicha kelishuvga erishib bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, "Manchester Siti" "Vest Xem" vakili Lukas Paketani sotib olmoqchi edi, lekin tomonlar kelishuvga erisha olmadi.
Fikrlar