
"Manchester Siti" Parijda chiroyli gollar bilan PSJni taslim qildi (video)
Bundan biroz avval UEFA Chempionlar ligasi yarim final bosqichidan o‘rin olgan PSJ hamda “Manchester Siti” jamoalari bahsi o‘z nihoyasiga etdi.
Parijdagi “Park de Prens” o‘yingohida kechgan bellashuv 1:2 hisobida “shaharliklar”ning g‘alabasi bilan yakunlandi. Dastlab, Markinos 15-daqiqada mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim o‘rtalariga kelib Kevin De Bryuyne (64') va Riyod Maxrez (71') katta sahnaga chiqdi va “Siti”ga g‘alaba keltirgan gollarga mualliflik qildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar