
“Manchester Siti” o‘yinchisini sotish bo‘yicha muzokara boshladi
“Manchester Siti” rahbariyati jamoa tarkibini yangilash siyosatini yozgi transferlar davrida ham davom ettiradigan bo‘lyapti.
Foot Mercato nashrining yozishicha, “shaharliklar” asosiy darvozabon Ederson transferi bo‘yicha Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubi bilan muzokara boshladi.
Jidda shahri klubi mutasaddilari braziliyalik golkiper agentlari bilan bir necha marotaba uchrashganidan so‘ng, “Manchester Siti”ni muzokaraga chorladi.
31 yoshli darvozabonning manchesterliklar bilan yana bir yillik shartnomasi bor. Shunga qaramay, Ederson klubni tark etishni ma’qul ko‘rmoqda.
Ederson joriy mavsum Angliya Premer-ligasida 22 ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z darvozasidan 25 ta to‘p olib chiqdi. Ederson joriy mavsumda jamoadoshlariga uchta golli pas uzatib, Angliya Premer-ligasida eng ko‘p assist qayd etgan darvozabon sifatida rekord o‘rnatdi.
Fikrlar