
"Manchester Siti" mudofaani kuchaytirish uchun darvozabon sotib olmoqchi
Portugaliya terma jamoasi va "Portu" darvozaboni Diogu Koshta Angliyaga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda "Football Transfers" xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, portugaliyalik darvozabonga "Manchester Siti" qiziqish bildirmoqda. "Shaharliklar" Koshmani braziliyalik Edersonning o‘rniga asosiy nomzod sifatida ko‘rmoqda. Dioguning transferi yozgi transfer oynasida amalga oshishi kutilmoqda.
Koshta va "Portu" o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2027 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan. "Transfermarkt" portali uning bozor qiymatini 40 million evro deb baholagan. Joriy mavsumda Koshta 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 tasida darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.
Fikrlar