
“Manchester Siti” Messi uchun super to‘purardan voz kechyapti
“Barselona”dan ketish payida yurgan Lionel Massini olishni rejalashtirayotgan “Manchester Siti” eng zo‘r to‘purarlardan biri Serxio Aguerodan voz kechadigan bo‘ldi.
32 yoshli argentinalik hujumchi hamyurti keladigan bo‘lsa, Italiya chempionatiga ketadi. “Shaharliklar” Aguero bilan mavsum so‘nggiga qadar davom etadigan hamkorlik bitimini uzaytirmaydi . Serxio erkin agent sifatida “Inter”ga qo‘shilishi kutilmoqda.
Milanliklar to‘purar hujumchi uchun ikki yillik shartnomani hozirdan tayyorlab qo‘ygan.
O‘z navbatida, “Barselona” hali Messini yangi shartnomaga ko‘ndira olgani yo‘q. Aksincha, kataloniyaliklar futbolchilarning maoshini kesmoqchi bo‘lyapti va bu amaldagi qonunchilikka ko‘ra, qishki transferlar vaqtida futbolchilarga, xususan Lionel Messiga boshqa jamoaga o‘tib ketish imkonini beradi.
“Manchester Siti” rahbariyati ham Messi Kataloniyadan ketadigan bo‘lsa, uni o‘z safiga qo‘shib olishga roziligini bildirgan.
Fikrlar