
"Manchester Siti" Kompanining xayrlashuv o‘yinini o‘tkazib beradi
Belgiyalik futbolchining "shaharliklar" bilan amaldagi shartnomasi yozda nihoyasiga etadi. Ma’lumot uchun, Kompani "Manchester Siti" safida 2008 yildan buyon 352 o‘yinda maydonga tushgan va 19 bor raqib darvozasini ishg‘ol etib, jamoasining 3 marta Angliya Premer-ligasida g‘olib chiqishiga hissa qo‘shgan.
Mazkur uchrashuvdan tushgan barcha mablag‘ futbolchi va Manchester meri Endi Bernemlarning hayriya fondi - Trackle4MCR fondiga tushadi.
Manchester Evenin News nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Kompani bu o‘yin uchun bir qator sobiq jamoadoshlarini chaqirmoqchi. Mario Balotelli, Edin Jeko, Samir Nasri va Jo Xartlar shular jumlasidan.
Fikrlar