“Manchester Siti” jamoa muammolarini hal qilib beradigan supero‘yinchi topdi

  • 26 noyabr, 2024, 19:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Ketma-ket besh marotaba mag‘lubiyatga uchragan “Manchester Siti” rahbariyati yozda tarkibda jiddiy o‘zgarishlar qilishi kutilmoqda.

Klub mutasaddilari hozirdan jamoani kuchaytira oladigan o‘yinchilar topyapti.

Football Insider nashrining ma’lum qilishicha, yozda manchesterliklar “Sporting” vakmli Maksimiliano Arauxoni olib kelmoqchi.

Urugvaylik o‘yinchi universalligi bilan Xosep Gvardiola e’tiboriga tushdi. Aruaxo hujumda o‘ta xavfli futbolchi hisoblanadi. Bundan tashqari, zarur paytda qanot himoyachisi vazifasini bajara oladi va butun qanot bo‘ylab ham hujum uyushtirishi mumkin.

Arauxoning portugaliyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yarmigacha tuzilganini inobatga olsak, “Manchester Siti” uning transferiga yaxshigina xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!