"Manchester Siti" futbolchisi yangi mavsumni London klubida davom ettirishi mumkin

  • 23 iyul, 2023, 10:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti"da to‘p surayotgan 29 yoshli ispaniyalik himoyachi Emerik Lyaport faoliyatini Angliya Premer-ligasining boshqa bir klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Daily Star nashri xabar bermoqda.

Tecno

Manbaning xabariga ko‘ra, futbolchining xizmatlariga "Kristal Pelas" qiziqish bildirmoqda. Lyaportning o‘zi ham "shaharliklar" safidagi kelajagiga ishonchi komil emas va shu sababli faoliyatini London jamoasida davom ettirish variantini ko‘rib chiqishi mumkin.

Emerik o‘tgan 2022/2023 yilgi mavsumda “Siti” tarkibida barcha musobaqalarda jami 24ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning manchesterliklar bilan tuzgan amaldagi mehnat shartnomasi 2025 yilning o‘rtalarigacha hisoblangan. Uning transfer narxi 25 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!