“Manchester Siti” etakchisi Chempionship klubiga o‘tishi mumkin

  • 4 dekabr, 2024, 23:49
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” qanot himoyachisi Kayl Uolker  o‘z faoliyati eng yaxshi yillarini o‘tkazib bo‘ldi. Endilikda, klub uning o‘rniga boshqa yoshroq qanot himoyachisi olib keladi. Katta ehtimol bilan 34 yoshli futbolchi mavsum yakunida jamoani tark etadi.

Tecno

talkSPORT nashrining xabar berishicha, Uolkerga Chempionshipning “Sheffild Yunayted” klubi qiziqish bildirmoqda. Aynan shu klubda Kayl futbolchilik faoliyatini boshlagan edi.

Biroq, futbolchi MLS yoki Saudiya Arabistoni klublari o‘tishi ehtimoldan holi emas.

Hozirda “Sheffild Yunayted” Chempionshipda 1-o‘rinni egallab turibdi. Klub APLga qaytishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!