"Manchester Siti" etakchisi "Barselona"ga o‘tadi(mi)?!

  • 10 iyun, 2022, 12:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

G‘arb matbuotining yozishicha, "Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silva mavsumlar oralig‘ida "Barselona"ga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Tecno

Portugaliyalik futbolchining o‘zi esa kelajagi haqidagi savollarga javob bera olmasligini ta’kidladi.

"Afsuski, hozir bu savolga javob bera olmayman, chunki men hozir terma jamoa safidaman va bor e’tiborim o‘yinga qaratilgan. Nima bo‘lishini mavsum yakunlangach ko‘ramiz", - dedi Silva Goal nashriga bergan intervyusida.

Bernardu Silva o‘tgan mavsum “Manchester Siti” tarkibida jami 50ta o‘yinda maydonga tushib, 13ta gol urdi va 7ta golga assistentlik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!