"Manchester Siti" Donnarumma uchun PSJga qancha summa to‘laydi?

  • 1 sentabr, 22:40
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Avvalroq "Manchester Siti" va PSJ Italiya terma jamoasi darvozaboni Janluiji Donnarumma transferi bo‘yicha kelishib olgani haqida xabar berilgandi.

Tecno

"The Independent" nashrining ma’lumotiga ko‘ra, manchesterliklar 26 yoshli posbon uchun 30 million funt (35 mln evro) to‘laydi.

O‘tgan mavsum Liga 1 doirasida Donnarumma 24 o‘yin o‘tkazib, 27 bor o‘z darvozasidan to‘p olib chiqqan edi.

26 yoshli posbon PSJ bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarda kelishuvga erisha olmagani va juda yuqori maosh talab qilgani uchun Luis Enrike rejalariga kiritilmagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!