
"Manchester Siti" "Chelsi" yulduziga qiziqish bildirmoqda
"Chelsi"ning hujumkor yarim himoyachisi Kay Havertts Angliya Premer ligasining boshqa bir jamoasi tomonidan nishonga olingan.
Nemis futbolchisining harakatlarini Xosep Gvardiola boshchiligidagi “Manchester Siti” kuzatib bormoqda, deya xabar berdi "CaughtOffside". "Shaharliklar" yozda Kayni o‘z safiga qo‘shib olib, yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish haqida o‘ylamoqda.
Kay Xavertts 2020 yilda "Chelsi"ga "Bayer"dan 80 million evro evaziga o‘tgan edi. Joriy mavsum 23 yoshli futbolchi londonliklar safida 14 ta o‘yin o‘tkazib, ikki bor raqib darvozasiga gol urishni uddaladi. Umuman olganda, futbolchi "Chelsi" safida jami 106 ta bahsda qatnashib, 25 bor o‘z nomini tabloga yodirib qo‘yishni uddalagan.
Fikrlar