
"Manchester Siti" bu tur "Vulverxempton"ni taslim qildi (video)
Angliya premer-ligasining 2-turida “Manchester Siti” safarda “Vulverxempton” mehmoni bo‘ldi.
Gollarga boy kechgan bellashuv 1:3 hisobida “shaharliklar”ning g‘alabasi bilan yakunlandi. “Siti” safida gollarni Kevin De Bryuyne (20'), Fil Foden (32') va Gabriel Jezus (90') kiritdi. Mezbonlarning yagona javob goliga esa Raul Ximenes (78') mualliflik qildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar