"Manchester Siti" braziliyalik hujumchi bilan shartnoma imzolamoqchi

  • 19 fevral, 12:41
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Manchester Siti" yozgi transferlar oynasida "Real Madrid" a’zosi Rodrigoni sotib olmoqchi. Bu haqda "Todafichajes" nashri ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, "shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ushbu transferni amalga oshirishni shaxsan o‘zi  xohlamoqda. Ingliz klubi braziliyalik futbolchi uchun 150 million evro sarflashga tayyor. Vinger so‘nggi paytlarda Mbappe va Vinisiusning soyasida qolmoqda. 

Ma’lumot uchun, 24 yoshli futbolchining "qaymoqranglilar" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qilib,  Transfermarkt portalidagi narxi 100 million evroni tashkil qiladi. Hujumchi joriy mavsum La Ligada 21 bahsda ishtirok etib, 6 ta gol va 6 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!