
"Manchester Siti" APL tarixida hech qachon bo‘lmagan natijani qayd etdi
"Manchester Siti" klubi APL tarixida bir mavsumda 5 ta futbolchisi 10 tadan kam gol urmagan birinchi jamoa bo‘ldi.
“Shaharliklar”ning joriy mavsumdagi to‘purarlar ro‘yxatini Serxio Aguero boshqarib kelmoqda. Argentinalik forvard hisobida 16 ta gol bor. Keyingi o‘rinlarda esa Raxim Sterling (13), Kevin de Bryuyne (11), Gabriel Jezus (11) va Riyod Maxrez (10) bormoqda.
Bunday natijani so‘nggi bor "Everton" 1984/85 yilgi mavsumda qayd etgan edi. Ammo, unda musobaqa Angliya premer-ligasi emas, Angliya chempionati deb nomlangan.
Fikrlar