“Manchester Siti” Agueroni ortga qaytarmoqchi

  • 19 dekabr, 2021, 17:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” tarixidagi eng zo‘r to‘purar yozda erkin agent sifatida “Barselona”ga o‘tganidan keyin faoliyatini erta yakunlashga majbur bo‘ldi.

Tecno

Argentinalik yulduz  yurakdagi muammo tufayli futbol bilan xayrlashganini e’lon qildi.

“Manchester Siti” rahbariyati sobiq hujumchisini yana ortga qaytarmoqchi. “Shaharliklar” Agueroga klub elchisi bo‘lishni taklif qildi. Serxio hali bu taklifni qabul qilgani yo‘q. Ma’lumotlarga qaraganda, unda yangi ish boshlash uchun bir necha variant bor va hozir ular ichidan eng maqbulini tanlamoqchi.

Aguero faoliyati davomida “Inbependente”, “Aletiko”, “Manchester Siti” va “Barselona”da o‘ynagan. Serxio jami 508 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasini 282 marotaba aniq nishonga olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!