
"Manchester Siti" 16 yoshli futbolchini 4 mln funtga sotib oldi
“Vest Bromvich” klubi forvardi Morgan Rojers faoliyatini “Manchester Siti”da davom ettiradigan bo‘ldi.
The Telegraph nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 16 yoshli angliyalik futbolchining transferi “shaharliklar”ga 4 mln funtga tushishi aytilmoqda. Aytish lozimki, Rojers bugun “Siti”da tibbiy ko‘rikdan o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, Rojers “Manchester Siti”ning asosiy jamoasiga 17 kundan so‘ng borib qo‘shilishi mumkin. Boisi, shundan so‘ng u 17 yoshga to‘ladi.
Fikrlar