
Manchester derbisi vaqtida “Siti” muxlisi hayotdan ko‘z yumdi
Angliya Premer-ligasining 16-turidan o‘rin olgan “Manchester Siti” va “Manchester Yunayted” o‘rtasidagi uchrashuv vaqtida “shaharliklar” muxlisi hayotdan ko‘z yumdi.
Bu haqda “Manchester Siti” matbuot xio‘mati xabar berdi.
- “Manchester Siti” o‘yin vaqtida sadoqatli muxlislaridan biri vafot etganidan xabardor. Klubning barcha vakillari marhumning oilasi va yaqinlari qayg‘usiga sherik ekanini bildiradi, - deyiladi klub bayonotida.
“Manchester Siti” derbida Ruben Amorim shogirdlariga 1:2 hisobida yutqazib qo‘ydi. Xosep Gvardiola shogirdlari bellashuvning 88-daqiqasigacha hisobda oldinda borganiga qaramay, o‘yin oxiriga ikkita gol o‘tkazib yubordi.
Shu tariqa, “shaharliklar” so‘nggi 11 ta uchrashuvdan sakkiztasida mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi.
Fikrlar