Manba: Turkiya chempioni Shomurodov uchun taklif yubordi (foto)

  • 10 avgust, 2022, 16:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turkiya Superligasining amaldagi chempioni Trabzonning "Trabzonspor" jamoasi "Roma"da to‘p tepadigan hujumchimiz Eldor Shomurodovni qo‘lga kiritishga urinib ko‘radi. Bu haqda Turkiyaning "61 saat" nashri xabar berdi. 

Tecno

Manbaga ko‘ra, turkiyaliklar legionerimizni ijaraga olishni istamoqda. Buning uchun ular "Roma"ga 1 million evro taklif qilgan. 

Hozircha rimliklarning javobi ma’lum emas. Ammo katta ehtimol bilan Eldor bu yozda Italiya poytaxtini tark etadi. Klub uni sotib olish sharti bilan ijaraga berib yuborishni maqsad qilgan.

trabzon’

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!