
Manba: Benzema "Real" bilan kelishuvga erishdi
Madridning “Real” klubi hujumchisi Karim Benzema jamoasi bilan shartnomasini uzaytirish borasida kelishib oldi. "Marca" xabariga ko‘ra, bu yaqin kunlarda rasman e’lon qilinadi.
O‘tgan mavsumda Benzema Ispaniya chempionati va Chempionlar ligasining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan, shuningdek, "Real" Madridga har ikkala sovrinni qo‘lga kiritishiga yordam bergan. Yuqoridagilarning barchasi frantsuzni “Oltin to‘p” uchun asosiy da’vogarga aylantiradi.
Benzema kecha La Liga doirasida "Osasuna"ga qarshi o‘yinda penaltidan foydalana olmadi. Hujumchi yangi mavsumda Ispaniya chempionatida uchta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Benzemaning "Real" bilan shartnomasi mavsum oxirida yakuniga etadi.
Fikrlar