Manba: "Barsa" Xavini bosh murabbiy sifatida qachon tanishtirishi ma’lum bo‘ldi

  • 3 noyabr, 2021, 17:41
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" yangi bosh murabbiy bilan shartnoma imzolash ishini deyarli hal qildi.

Tecno

"Sky Sport" jurnalisti Matteo Morettoning xabar berishicha, kataloniyaliklar Xavi borasida "Al-Sadd" bilan kechgan muzokaralarni muvaffaqiyatli yakunlagan. Ispaniyalik mutaxassis 8 noyabr, dushanba kuni "ko‘k-anorranglilar" bosh murabbiyi sifatida rasman tanishtiriladi.

Ta’kidlanishicha, 41 yoshli mutaxassis sobiq klubi bilan 2024 yilga qadar mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekadi. U ayni paytda "Al-Sadd" jamoasini boshqarmoqda.

Avvalroq, qatarliklar rahbariyati "Barsa" prezidentidan muzokaralarda shaxsan o‘zi ishtirok etishini talab qilgani xabar berilgandi.

Vaziyat keskinlashmoqda! "Al-Sadd" "Barsa" prezidentiga ultimatum qo‘ydi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!