
Malkom: "Zenit"ning 15 mln muxlisini bag‘rimga bosib qolaman"
Yarim ximoyachi Malkom o‘zining "Zenit" klubiga o‘tganidan keyingi emotsiyasini bildirdi.
"Men "Zenit"ga ishonch va sa’y-harakatlar uchun, ayniqsa Xaver Ribaltaga, janob Medvedevga va janob Semakga minnatdorchilik bildiraman.
Quvonch ila, "Zenit"ning 15 mln muxlisini bag‘rimga bosib qolaman. Olg‘a, keling ko‘zlangan maqsad sari yuramiz," - deb izoh qoldirdi Malkom o‘zining "Instagram" sahifasida.
Fikrlar