
Maksim Shatskix "Paxtakor"dan taklif oldi
Oxirgi paytlarda “Paxtakor” klubida ayrim o‘zgarishlar yuz berayotgani xususida turli xabarlar tarqalmoqda. Bir necha yil davomida sport direktori sifatida ishlagan Ja’far Irismetov klubni tark etgan. Uning o‘zi bu xabarni tasdiqladi. Biroq hozircha “Paxtakor” bilan xayrlashganiga nima sabab ekani aniq emas.
Bizdagi ma’lumotlarga qaraganda, “Paxtakor” o‘zbek futbolining afsonalaridan biri – Maksim Shatskixga taklif bilan chiqqan. Bu masala bo‘yicha Sports.uz muxbiri Maksim Aleksandrovich bilan bog‘langanida chindan ham “Paxtakor”dan taklif olganini aytdi. Hozirda muzokaralar davom etyapti.
Shatskix murabbiy sifatida bir necha yil “Dinamo” Kievda ishladi. Oxirgi ish joyi esa Rossiyaning “Rotor” klubida bo‘lib, u erda murabbiy yordamchisi sifatida faoliyat olib borgan.
Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.
Fikrlar