
Lutfulla To‘raev "Neftchi"ga o‘tyapti
Uch yil mobaynida “Bunyodkor” sharafini himoya qilgan tajribali futbolchi Lutfulla To‘raev katta ehtimol bilan klubni tark etmoqda.
Yaqinda uning o‘zi bilan suhbatlashgan chog‘imizda “Neftchi”dan tushgan taklif haqida so‘ragandik, o‘shanda futbolchi hali hech nima ma’lum emasligi haqida javob qaytargandi.
So‘nggi paytlarda “Neftchi” klubi To‘raev bilan faol muzokaralarni olib bormoqda va shu kunlarda futbolchining farg‘onaliklar bilan kelishuvi amalga oshishi kutilyapti. Buning ustiga yaqinda “Bunyodkor” ustozi Shuhrat Maqsudov ham Lutfullaning “Neftchi”ga o‘tayotgani haqida gapirgandi.
Fikrlar