
Lutfilla To‘raev: "Mash’al" qanday o‘ynashini bilardik
"Bunyodkor" klubi sardori Lutfulla To‘raev kecha bo‘lib o‘tgan "Bunyodkor" - "Mash’al" bellashuvi haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi:
"Har bir turnirning boshlanishi qiyin kechadi. Ko‘rib turibsiz, jamoamizning yarmi yangilanib ketgan. O‘yindan o‘yinga bir-birimizni tushunishimiz osonroq bo‘lib boradi, deb o‘ylayman.
"Mash’al" qanday o‘ynashini bilar edik: ko‘p yuguradigan, mehnatkash jamoa. Soddaroq qilib aytganda, g‘alabamizning asosiy sababi o‘z vaziyatimizdan foydalanib, g‘alabani berib qo‘ymaslik uchun jon-jahdimiz bilan harakat qildik", - dedi To‘raev.
Fikrlar