
Luka Modrich “el-klasiko” rekordini o‘rnatdi
Ispaniya chempionatining 11-turida “Real” Kataloniyada “Barselona”ni 2:1 hisobida taslim qildi.
Uchrashuvda zaxiradan maydonga tushib, g‘alaba to‘pi kiritilgan vaziyatda Jud Bellingemga assistentlik qilgan Luka Modrich “el-klasiko” rekordini o‘rnatdi.
Xorvatiyalik pleymeyker “el-klasiko”da ishtirok etgan eng yoshi katta futbolchiga aylandi. O‘yin kuni Luka 38 yoshu 47 kunlik edi.
Avvalgi rekord “Real” sobiq futbolchisi Pako Buyoga tegishli bo‘lib, 1996 yili qayd etilgan. O‘shanda Pako 38 yoshu 38 kunligida “Barselona”ga qarshi o‘yin o‘tkazgan.
Fikrlar