Luis Enrike finaldan oldin katta gapirib qo‘ydi

  • 28 may, 11:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Pari Sen-Jermen” bosh murabbiyi Luis Enrike Evropa Chempionlar ligasi finali oldidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, katta gapirib yubordi.

Tecno

Ispaniyalik mutaxassis jamoasi keyingi o‘n yil ichida qit’aning eng nufuzli va murakkab turnirida bir necha bor bosh sovringa ega chiqishini uqtirmoqda.

- Bu jamoa va o‘yinchilar finalda qatnashishga loyiq. PSJ muxlislari klubning Chempionlar ligasida g‘olib chiqishiga munosib. Biz buni amalga oshiramiz. Bu g‘alaba 31 may kuni amalga oshadimi yoki yo‘q, lekin keyingi o‘n yillikda PSJ bosh sovrinni bir necha marotaba qo‘lga kiritadi. Men bu jamoa murabbiyi bo‘lmaganimda ham shu gapni aytgan bo‘lardim.

Men PSJga jamoa bilan birga tarix yaratish, xususan, klub tarixida ilk bor Chempionlar ligasida g‘olib chiqish uchun kelganman. Birinchi sovrinni olish doim qiyin bo‘lgan. Kimdir eshikni ochib: “Biz buni uddalaymiz! Agar biz bu ishni qila olsak, keyingi avlod ham yutuqni takrorlay oladi”, deyishi kerak, - dedi Luis Enrike.

PSJ Chempionlar ligasi bosh sovrini uchun bo‘ladigan hal qiluvchi bahsda “Inter” bilan to‘qnash keladi. O‘yin 31 may kuni Germaniyadagi “Arena Myunxen” stadionida bo‘lib o‘tadi.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!