Lorisning xizmatlarini Evropaning 2 ta grand klubiga taklif qilishmoqda

  • 10 iyul, 2023, 12:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Frantsiyalik darvozabon Ugo Lorisda faoliyatini davom ettirish uchun ikkita variant bor. Sports Zone nashri xabariga ko‘ra, "Tottenxem" darvozaboni xizmati "Inter" va "Pari Sen-Jermen" klublariga taklif qilingan.

Hozircha yuqorida nomi keltirilgan ikki klub 36 yoshli posbonning transfer bo‘yicha rasmiy muzokaralarga kirishmagan. Lorisda hozircha faqat bitta aniq taklif bor. U ham bo‘lsa Saudiya Arabistonining “Al-Shabab” klubidan. Ammo frantsuz darvozaboni hozircha ushbu taklifga javob bergani yo‘q.

Ugo "Tottenxem" tarkibida 2012 yildan beri o‘ynab kelmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi mehnat shartnomasi muddati keyingi mavsum oxirigacha hisoblangan. Loris APLning so‘nggi mavsumida 25 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z darvozasidan 39 ta gol o‘tkazib yuborgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!