London klubi o‘zining 20 yillikdagi antirekordini qayd etdi

  • 14 aprel, 13:30
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Tottenxem” Premer-liganing navbatdagi o‘yinida yana mag‘lubiyatga uchradi. Yakshanba kuni “shporlar” 32-tur doirasida safarda “Vulverxempton”ga 2:4 hisobida yutqazishdi. Squawka nashrining ma’lumotiga ko‘ra, Anje Postekoglu boshchiligidagi jamoa joriy chempionatda allaqachon 17 ta mag‘lubiyatga uchragan — bu klub uchun 2003/04 yilgi mavsumdan buyon eng yomon ko‘rsatkich (o‘shanda 19 ta mag‘lubiyat bo‘lgan).

Tecno

Shuningdek, “Tottenxem” joriy mavsumda safarda o‘n yoki undan ko‘p o‘yin yutqazgan uchinchi jamoaga aylandi. Bungacha bunday natijani faqat chempionat autsayderlari — “Lester” va “Sautgempton” ko‘rsatishgan.

Keyingi turda London klubi 21 aprel kuni o‘z maydonida “Nottingem Forest”ni qabul qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!