
"Lokomotiv" Xorvatiya terma jamoasi a’zosini sotib olmoqchi
Moskvaning "Lokomotiv" klubi "Latsio" himoyachisi Milan Badel bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Bu haqda Metaratings nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, rus grandi 31 yoshli Xorvatiya terma jamoasi a’zosi uchun “Latsio”ga 3,5 mln evro taklif qilmoqda. Rimliklar esa bir million ko‘proq talab qilmoqda. Hozircha tomonlardan hech biri bu taklifga rozilik bildirayotgani yo‘q.
Badel joriy mavsumni “Fiorentina” safida ijarada o‘tkazmoqda. Uning “Latsio” bilan amaldagi shartnomasi 2022yilga qadar imzolangan.
Fikrlar