
"Lokomotiv" Riberiga qiziqmoqda
"Bavariya" klubi sobiq vingeri Frank Riberi faoliyatini Rossiya premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda L’Equipe nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 36 yoshli frantsiyalik futbolchini “Lokomotiv” o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Aytish kerakki, Riberi hozirda erkin agent hisoblanadi va shu bois moskvaliklar safiga tekinga borib qo‘shilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Riberiga "Liverpul", "Arsenal", "Fiorentina", "Monako", "Ayntraxta", PSV, "Krasnodar" va bir qator arab klublaridan qiziqishlar borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar