"Lokomotiv" futbolchisi terma jamoadan chaqiruv oldi

  • 1 oktabr, 2021, 22:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi oktyabr oyida Iordaniyada yig‘in tashkil etadi.

Tecno

Bugun bo‘lib o‘tgan Superliga 21-tur "Metallurg" - "Lokomotiv" bahsining oxirida gol urib, "temiryo‘lchilar"ga muhim g‘alabani taqdim etgan Azizbek Amanov ham milliy terma jamoamizga taklif etildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Azizbek Amanov terma jamoamizning dastlabki ro‘yxatida yo‘q edi, biroq keyinchalik O‘FA klubga rasmiy xat bilan murojaat qilib, ushbu futbolchi ham mamlakatimiz bosh jamoasiga chaqirilganini ma’lum qildi.

Endilikda "Lokomotiv"dan ikki nafar futbolchi - Islom Qobilov va Azizbek Amanov O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘inida ishtirok etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!