"Lokomotiv" etakchilarisiz mashg‘ulotlarga qaytdi

  • 15 fevral, 2021, 16:48
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

12 fevral kuni Turkiya yig‘inidan qaytib kelgan “Lokomotiv” yana mashg‘ulotlarni boshladi. Jamoaning bugungi tayyorgarlik jarayoni TTYMI stadionida olib borildi, - bu xususida klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tecno

loko2_2

Hozirgi kunda "Loko"ning to‘rt nafar futbolchisi – Javohir Ilyosov, Temurxo‘ja Abduxoliqov, Sanjar Qodirqulov va Islom Qobilov O‘zbekiston milliy terma jamoasining Dubaydagi yig‘inida ishtirok etishyapti.

loko1

Shuningdek, yana uch nafar o‘yinchi – Dilshod Komilov, Avazbek O‘lmasaliev hamda Bobur Asqarov O‘zbekiston U-22 terma jamoasining mashg‘ulotlarida qatnashishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!