"Liverpul"ning mavsumoldi tayyorgarliklari qoldirildi

  • 6 iyul, 16:13
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" jamoaning mavsumoldi tayyorgarligi keyinga qoldirdi, deya xabar bermoqda The Independent. Bunday qarorga 3 iyul kuni avtohalokatga uchragan jamoa hujumchisi Diogu Jotaning fojiali o‘limi sabab bo‘lgan.

Tecno

Dastlab o‘yinchilarning birinchi guruhi 4 iyul kuni bazada ish boshlashi, 8 iyuldan to‘laqonli mashg‘ulotlar boshlanishi rejalashtirilgan edi. Biroq, 5 iyul kuni bo‘lib o‘tgan dafn marosimidan so‘ng, noma’lum muddatga qoldirildi.

Avvalroq, "Liverpul" rahbariyati Jota oilasiga amaldagi shartnoma bo‘yicha qolgan barcha pullarni to‘lab berishi ma’lum bo‘lgandi. Mersisaydliklar safida Diogu 2020 yildan buyon to‘p surib kelgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!