
"Liverpul"ning ikki himoyachisi APL tarixidan joy olishdi
"Liverpul" futbolchilari Trent Aleksander-Arnold va Endryu Robertson Angliya Premer-ligasi tarixida 60 yoki undan ortiq golli uzatma amalga oshirishga muvaffaq bo‘lgan yagona himoyachilar bo‘lishdi. Bu haqda Live Score xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Premer-liga doirasida Aleksandr-Arnold hisobida 64 ta, Robertsonda esa 60 ta assist bor.
Joriy mavsumda Aleksander-Arnold 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 8 ta golli uzatma amalga oshirgan. Robertson esa 44 ta bahsda ishtirok etib, 2 ta assist bilan kifoyalangan.
Eslatib o‘tamiz, bir-necha kun oldin Trent yozda mersisaydliklar safini erkin agent sifatida tark etishini ma’lum qilgan edi. Uning shotlandiyalik jamoadoshining shartnomasi 2026 yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi.
Fikrlar