"Liverpul"ning asosiy futbolchilaridan biri "Manchester Siti"ga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi

  • 29 oktabr, 2019, 12:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” klubi himoyachisi Joel Matip yaqin 6 haftani lazaretda o‘tkazishi mumkin.

Tecno

Liverpool Echo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra shifokorlar 28 yoshli futbolchini kamida 1,5 oy davolanishi lozimligini aytishgan. Shu tariqa u 10 noyabr kuni “Enfild”da “Manchester Siti”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan printsipial bellashuvni o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz,  Matip 28 sentyabr kuni APLning “Sheffild Yunayted”ga (1:0) qarshi bo‘lib o‘tgan bahsida jarohat olgan edi.

Ma’lumot uchun, Matip joriy mavsum premer-ligada 7 ta bellashuvda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1 ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!