"Liverpul"ni ham kal murabbiy boshqarishi mumkin

  • 23 aprel, 2024, 21:29
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Liverpul" klubi yozda klub bilan xayrlashadigan Yurgen Klopp o‘rniga variantlarni saralab chiqmoqda. "The Guardian" nashrining xabar berishicha, rahbariyat "Feyenoord" bosh murabbiyi Arne Slotni asosiy nomzod, deb hisoblamoqda. 

45 yoshli mutaxassisdan tashqari "Sporting" ustozi Ruben Amorim va "Brayton" murabbiyi Roberto de Dzerbi ham bor. Hozircha muzokaralar davom etayotgani aytilmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, Arne Rotterdam jamoasini 2021 yildan beri boshqarib kelmoqda. U "Feyenoord" bilan shu paytgacha Niderlandiya chempionati, kubogida zafar quchgan. Shuningdek, Konferentsiyalar ligasi finaliga ham chiqishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!